Turkiyalik tergovchilar muvaffaqiyatsiz yakunlangan to‘ntarishga aloqadorlikda gumonlanib qo‘lga olingan 1,2 ming harbiy xizmatchini qo‘yib yubordi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Mahalliy matbuotda aytilishicha, ularga nisbatan ilgari surilgan ayblar tasdiqlanmadi.
Harbiy to‘ntarishdan so‘ng o‘n minglab insonlar hibsga olindi, shundan buyon birinchi marta qo‘lga olinganlarning katta guruhi qo‘yib yuborilishi.
Ozodlikka chiqqan harbiy xizmatchilarning barchasi oddiy askarlardir.
Izoh (0)