Kot-d’Ivuarning markaziy qismida joylashgan Buake shahridagi namoyishni tarqatib yuborish davomida kamida bir kishi halok bo‘ldi, o‘n kishi yaralandi. Bu haqda France-Presse agentligi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Kamida o‘n kishi jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan. Qornidan yaralangan bir kishi tez yordam mashinasida halok bo‘lgan. Bu o‘q uzishdan hosil bo‘lgan jarohat edi”, — deya tasdiqladi agentlikka shifoxona vakili.
Namoyishchilar elektr energiyasi tariflarining oshirilishi va narxlarning o‘sishiga qarshi chiqish qilmoqda. Shu kabi namoyishlar 19-iyul, seshanba kuni Yamusukro shahrida, 20-iyul, chorshanba kuni esa Daloa shahrida bo‘lib o‘tgan edi.
Namoyishchilar Kot-d’Ivuarning energetika kompaniyasi, banklar ofislari, shuningdek, ma’muriy binolarga hujum qildi.
Izoh (0)