Chorvoq yo‘lida Toyota Land Cruiser 200 yo‘ltanlamasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida xabar qoldirilgan.
Hodisa 22-iyul kuni tongda yuz bergan. Fotoxabar muallifining yozishicha, avtomobil katta tezlikda xavfli burilish joyidan uchib ketgan. Suratda avtomobil kran yordamida pastlikdan olib chiqilayotganini ko‘rish mumkin.
Guvohlarning yozishicha, avtomobil haydovchisi omon qolgan, hodisa oqibatida uning qo‘li singan. Hodisaning boshqa tafsilotlari ma’lum emas.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)