Pokistonning turli hududlarida sodir bo‘lgan uchta portlash oqibatida kamida bir kishi halok bo‘ldi, 11 kishi jarohatlandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Politsiya ma’lumotlariga qaraganda, har bir teraktda 2–3 kilogrammgacha portlovchi moddadan foydalanilgan. Uchta fugas ham yo‘l chetiga o‘rnatilgan bo‘lib, masofadan turib portlatilgan.
Birinchi bomba Bilujiston viloyatidagi Kvetta okrugida portladi. U mahalliy qabila oqsoqolining mashinasiga zarar yetkazdi. Jarohatlangan yetti kishi ichida ikki bola ham bor.
Ikkinchi portlash Haybar-Pahtunxva viloyatidagi Svat okrugida sodir bo‘ldi. Portlash zarbi oqibatida fugas yaqinidan o‘tib ketayotgan mashina ichidagi bir kishi halok bo‘ldi, ikki kishi jarohatlandi.
Uchinchi portlash ham shu viloyatda amalga oshirildi. Uning oqibatida ikki kishi jarohatlandi va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organi vakilining avtomobiliga shikast yetdi.
Portlashlar uchun hech qaysi guruh javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.
Izoh (0)