AQSh davlat kotibi Jon Kerri IShIDga qarshi xalqaro koalitsiyaga kiruvchi mamlakatlar mudofaa boshqarmalari va tashqi siyosat rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuv uning yakuniy g‘alabaga qadar kurashni davom ettirish qat’iyatini va birdamligini tasdiqladi deb hisoblaydi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
“Bugun haqiqatda meni hayratga solgan narsa bu bizning erishgan ishlarimiz va bajarishimiz lozim bo‘lgan vazifalar hamda qanday yo‘nalishda ilgarilash bo‘yicha strategiyamiz masalalarida favqulodda har tomonlama kelishilganlikdir”, — dedi u jurnalistlarga uchrashuv yakunida.
Kerri Yaqin Sharqdan Yevropagacha bo‘lgan turli mamlakatlarda terrorchilik hujumlari yuz berayotgan sharoitda koalitsiya a’zolari muvaffaqiyatga erishish uchun yanada ko‘proq shay ekanligini tasdiqlaganligini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga qaraganda, koalitsiya hozirgi paytda Suriyada IShID ustidan g‘alaba qozonish uchun barcha zarur harakatlarni amalga oshirishga tayyor.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)