Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xalqaro Arbitraj Sudi rossiyalik yengil atletikachilar va Rossiya Olimpiya Qo‘mitasining Yengil Atletika Xalqaro Federatsiyasi ustidan bergan da’vo arizasiga nisbatan o‘z munosabatini ma’lum qildi, deb yozdi “Sports.ru”.

Foto: The Telegraph

Foto: The Telegraph

“Xalqaro Arbitraj Sud Rossiya Olimpiya Qo‘mitasi va 68 nafar rossiyalik yengil atletikachining da’vosini rad etadi” — deb yozilgan sud xabarida. Da’vo arizasida rossiyalik sportchilarning xalqaro musobaqalarda ishtirok etishiga qo‘yilgan taqiq olib tashlanishi so‘ralgandi.

Sud qaroridan keyin Rossiya yengil atletikachilari Rio—2016 olimpiadasida ishtirok etmaydigan bo‘ldi. Avvalroq Yengil Atletika Xalqaro Federatsiyasi uzunlikka sakrash bo‘yicha musobaqalarda ishtirok etadigan Darya Klishinagagina olimpiada o‘yinlarida qatnashish huquqi berilishi haqida ma’lum qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda sportchi erkak xotini va bolasini ayovsiz kaltaklagani aytildi
Shou-biznes
“U nafaqat guruhdan, balki san’atdan ham ketdi”. “VIA Marokand” xonandasi Asal Zokirova guruhni tark etdi (video)
Biznes
Markaziy Osiyoda Rossiyaning ko‘chmas mulk bozoriga qiziqish ortib bormoqda