Qirg‘iziston fuqarosi Soyuzbek Soliyev bir motorli Mooney Ovation 2 samolyotida dunyo bo‘ylab parvoz uyushtirmoqchi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Mamlakat bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov bugun Soliyevni qabul qildi, u parvoz Qirg‘iziston mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlanganini ma’lum qildi”, — deyiladi mamlakat hukumati matbuot xizmati tarqatgan xabarnomada.
Samolyot avgust oyining boshida Bishkekdan yo‘lga chiqadi. U havoda jami 47,6 ming kilometr yo‘l bosib, 26 mamlakat uzra o‘tmoqchi.
Izoh (0)