Bryussel shahri markazida o‘tkazilgan ikki soatlik maxsus operatsiya davomida terrorchilikda gumon qilingan shaxs yosh fizik bo‘lib chiqdi. Unda hech qanday portlovchi qurilma topilmadi. Bu haqda RTBF telekanaliga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Politsiya xodimlari 30 darajali issiqqa qaramay, uzun palto kiyib olgan va kiyimi ostida simlar ko‘rinib turgan erkakni qo‘lga oldi.
“Qo‘lga olingan kishi yosh fizik bo‘lib chiqdi. U shahar markazida turli diapazonlarda nur tarqalishini o‘rganayotgan ekan. Sapyorlarning tekshiruvidan so‘ng unda hech qanday portlovchi qurilma aniqlanmadi. Fizikda faqatgina ilmiy apparatura bo‘lgan”, – deya ma’lum qildi RTBF telekanali.
Izoh (0)