“Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo Angliya Premyer-Ligasi taqvimi noqulay tuzib chiqilgani borasida o‘z e’tirozini bildirdi. Bu borada mutaxassis o‘zining sobiq jamoasi “Chelsi”ga qarshi o‘yin oldidan ro‘y beradigan holatga e’tibor qaratgan.
“Chempionat”ning Daily Mail nashriga asoslanib xabar berishicha, “Manchester Yunayted” va “Chelsi” klublari Premyer-Liga 9-turida to‘qnash keladi. O‘yin 22-oktabr sanasiga tayin qilingan.
“Yunayted” mazkur bellashuvni bir kun keyinga surishni so‘rab APLga murojaat qilishi mumkin. Sababi 20-oktabr kuni klubning Yevropa Ligasi doirasida ham o‘yini bor. Uch sutka ichida ikkita jiddiy bellashuvda maydonga tushish Joze Mourinyoning jiddiy e’tiroziga sabab bo‘lgan.
APL “MY”ning talabini qondirishi katta ehtimol. Buning uchun klub rasmiy ariza bilan tashkilotga murojaat qilishi kerak.
Izoh (0)