Italiyalik kuturyelar Benedetta Markezani va Katerina Skotti taniqli dizayner Juliana Koen Kamerino bilan hamkorlikda Buxorodan maxsus keltirilgan iqat matosidan foydalangan holda La Bizantina qo‘lda tikilgan sumkalar kolleksiyasini yaratdi. Bu haqda, Il Sole 24 Ore nashriga asoslanib, My Day xabar bermoqda.
“O‘zbekistonning betakror matolari va hayratlanarli aksessuarlari orqali har bir kishi uning ruhini va go‘zalligini his eta oladi. Shu bilan bir vaqtda dizayn ikki tomonlama munosabatlarni yo‘lga qo‘yish uchun ajoyib maydoncha bo‘ladi: O‘zbekistonda, Italiyadagi kabi, kiyim-kechak ishlab chiqarishda katta tajriba bor”, — deydi dizaynerlar.
O‘ziga xos sumkalar yaratish g‘oyasi Benedetta Markezani va Katerina Skottiga tasodifan, Turkiyaga safar chog‘ida kelib qoldi.
Har bir sumka yagona nusxada tikilgan bo‘lib, ichkari qismida raqami ko‘rsatilgan. Standart o‘lcham — 15x30 santimetr, mato turi ham o‘zgarmagan.
Kolleksiya dizayneri — Italiyaning Roberta di Camerino markasi muallifi Juliana Koen Kamerino. U Bagonghi sumkasini yaratib, dizayn olamida shuhrat qozongan. Juliana ayollar garderobida aksessuarlarga asosiy o‘rin bergan birinchi dizayner hisoblanadi.
Izoh (0)