Armaniston poytaxti Yerevanda qurolli shaxslar tomonidan qo‘lga olingan politsiya patrul-post xizmati polki binosida o‘q ovozlari eshitildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Polk hududini garovda ushlab turgan shaxslar bino oldida to‘plangan tarafdorlariga o‘zlari o‘q uzganini ma’lum qildi.
“Bu ogohlantirish maqsadida amalga oshirildi, politsiya to‘planayotgan tarafdorlarga qarshi harakat qilmasligi uchun”, — dedi faollardan biri.
Armaniston politsiyasi rahbari o‘rinbosari Samvel Ovannisyan huquq-tartibot organlari vakillari ularga nisbatan hech qanday chora ko‘rmaganini ma’lum qildi.
Izoh (0)