Rossiyaning mashhur nashrlaridan biri “Chempionat” mamlakat milliy termasiga bosh murabbiy etib tayinlangan Stanislav Cherchesovning jamoaga nima uchun kerakligi borasida 5 ta asosni keltirib o‘tdi. Sabablar jurnalist Mixail Tyapkovning maqolasida ko‘rsatilgan.
Terma jamoaga erkin va mustaqil murabbiy kerak
Rossiya terma jamoasini Yevro—2016 uchun tayyorlagan murabbiy Leonid Slutskiy bir vaqtning o‘zida Moskvaning “SSKA” klubini ham boshqarardi. Yevropa Chempionatidagi muvaffaqiyatsizlik ruslarni mana shunday xulosaga kelishga majbur qildi.Xorijlik murabbiy — pulni havoga sovurish
Bunda Rossiya terma jamoasini boshqargan Fabio Kapello misol tariqasida keltirildi. O‘z vaqtida italiyalik murabbiy eng ko‘p maosh oluvchi terma jamoa murabbiyiga aylanib olgandi. Biroq bundan ish chiqqani yo‘q.Terma jamoa bosh murabbiyi yaxshi formada bo‘lishi kerak
Germaniya termasi ustozi Ioxim Lyov va Uels bosh murabbiyi Kris Koulmen misol tariqasida keltirgan. Stanislav Cherchesov Rossiya terma jamoasiga qadar bir-biriga umuman o‘xshamaydigan klublarda faoliyat olib bordi. Kuchsiz jamoalar qatorida 52 yoshli mutaxassis Moskvaning “Dinamo” va Varshavaning “Legiya” klublarini boshqardi. U hozir yaxshi formada.Terma jamoada vaqt tig‘izligi
Rossiya futbolida katta muvaffaqiyatlarga erishgan Yuriy Syomin va Qurbon Berdiyevga buning uchun bir necha yil kerak bo‘ldi. Terma jamoa bosh murabbiyi esa qisqa vaqt davomida jamoa shakllantirishi kerak.Termadagi uch asosiy omil — ruhlantirish, taktika va jismoniy tayyorgarlik
Stanislav Cherchesovda til muammosi yo‘q, u futbolchilarning tilini topishi mumkin. Jahon Chempionatiga esa 2 yil vaqt qoldi.
Izoh (0)