WADA mustaqil komissiyasi hisobotida tilga olingan davlat mansabdorlarining lavozimlaridan vaqtinchalik chetlashtirilishi Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutkoga daxldor emas, negaki u hisobotdan qalloblikning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijrochisi deb atalmagan. Bu haqda Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov bayonot berdi, deb yozmoqda “TASS” .
Eslatib o‘tamiz, kecha, 18-iyul kuni WADA mustaqil komissiyasining 2014-yilgi Sochi Olimpiadasida yo‘l qo‘yilgan doping qallobliklari yuzasidan yakuniy hisoboti e’lon qilindi. Unda, jumladan, qallobliklarga Rossiyaning ko‘pgina yirik davlat mansabdorlari aloqadorligi aytildi. Shu munosabat bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putinning bayonoti chop etilib, hisobotda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijrochilar sifatida tilga olingan barcha shaxslar lavozimlaridan vaqtinchalik chetlashtirilishi ma’lum qilindi.
Peskov ijrochi sifatida faqat sport vaziri o‘rinbosari Yuriy Nagornix tilga olinganini va natijada lavozimidan chetlashtirilganini aytib o‘tdi.
Izoh (0)