Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Butunjahon aksildoping agentligi (WADA) mustaqil komissiyasining 2014-yilgi Sochi Olimpiadasida ro‘y bergan doping qallobligi yuzasidan tayyorlagan hisoboti xulosalariga izoh berib o‘tdi, deb xabar qiladi “Kommersant.ru”.

Foto: “TVC.ru”

Foto: “TVC.ru”

“Komissiya hisobotida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijrochilar sifatida tilga olingan mansabdor shaxslar lavozimlaridan vaqtinchalik chetlashtiriladi”, — deyiladi prezidentning Kreml rasmiy saytiga joylashtirilgan bayonotida.

“Ammo bu shaxslarning javobgarligi yuzasidan yakuniy qaror qabul qilish uchun WADA komissiyasidan to‘liq, xolis, faktlarga asoslangan axborot taqdim etishni so‘raymiz, toki u Rossiya huquq-tartibot va tergov organlarining taftishlarida inobatga olinsin. Ularning ishi, hech qanday shubhasiz, oxiriga yetkaziladi va tegishli choralar ko‘rilib, Rossiya qonunchiligi hamda zimmamizga olganimiz xalqaro majburiyatlarning buzilishiga chek qo‘yiladi”, — qo‘shimcha qildi u.

Shu bilan birga, bayonotda “doping janjallari” sportga siyosatni aralashtirishning o‘ziga xos yo‘li bo‘lib qolgani ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 18-iyul kuni mustaqil komissiya rahbari Richard Maklaren Torontoda taftish yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani berdi. Hisobot xulosalari asosida WADA hujjatda tilga olingan rossiyalik amaldorlar, jumladan, sport vaziri Vitaliy Mutkoni lavozimidan ozod etishni hamda xalqaro sport musobaqalariga yaqinlashtirmaslikni tavsiya qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Maktab o‘qituvchilariga “Open budget”da ovoz to‘plash bo‘yicha topshiriq berilayotgani aytilmoqda 
Turkmaniston
Ashxobod tajribasi: odamlar zilziladan emas, balki binolar tufayli halok bo‘ladi
Dunyo
“Tolibon” opium savdosidan olinadigan soliqni bekor qildi. Narkotik modda uchun qancha soliq to‘langan?