Ispaniya qirolining kuyovi, infanta Kristinaning turmush o‘rtog‘i Inyaki Urdangarin sobiq biznes sherigi Diyego Torresdan bir yevro miqdorida tovon puli oladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, moliyaviy qalloblik bilan bog‘liq ish jarayonida Torres Urdangarinning ko‘plab elektron maktublari mundarijasini oshkor qilgan. Gap, xususan, shaxsiy xarakterdagi yozishmalar haqidagi ketmoqda.
Torresdan tashqari, ushbu maktublar mundarijasini chop etgan yoki boshqa yo‘l bilan tarqatgan matbuot kanallari ham shu miqdorda jarima to‘lashiga to‘g‘ri keladi.
Moliyaviy qalloblik haqidagi sud eshituvlari shu yilning 11-yanvarida boshlandi. Unda qirolning singlisi, infanta Kristina ham gumondorlardan biri sifatida ko‘rilmoqda.
Izoh (0)