Buyuk Britaniya joriy yilda Lissabon shartnomasining Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqish tartibini belgilab beruvchi 50-moddasini qo‘llamaydi. Bu haqda mamlakat hukumati yuristi Jeyson Koppel Yuqori sudda bayonot berdi, deb yozmoqda “Interfaks”.
Bu bilan Britaniya 2016-yilda Yevroittifoq tarkibidan chiqish jarayonini boshlamasligini bildirdi.
Ilgariroq mamlakat bosh vaziri Tereza Mey Lissabon shartnomasining 50-moddasidan joriy yilda foydalanilmasligini aytib o‘tgan edi. Brexit tarafdorlari ham jarayonni darhol boshlamasdan, Yevroittifoq va Yevrokomissiya bilan bu borada norasmiy muzokaralar o‘tkazishni taklif qilgan edi. Yevroittifoq vakillari, o‘z navbatida, 50-modda amalga kiritilmaguniga qadar rasmiy London bilan hech qanday muzokaralar olib bormasligini ma’lum qilmoqda.
Lissabon shartnomasining 50-moddasi shu paytga qadar biror marta amalda qo‘llanmagan.
Izoh (0)