Ronaldu Yevro–2016 dagi g‘alaba uchun olgan mukofot pulini bolalar saratoniga qarshi kurash jamg‘armasiga taqdim etdi
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Yevropa chempionatida qo‘lga kiritilgan g‘alaba uchun mukofot pulini xayriya ishlariga sarfladi. Bu haqda “Sports.ru” xabar bermoqda.
Aytilishicha, u 275 ming yevroni bolalar onkologik kasalliklariga qarshi kurash jamg‘armasiga taqdim etdi.
“Real” yulduzi Yevropa Chempionlar Ligasida qo‘lga kiritilgan g‘alaba uchun berilgan bonus pullarini ham xayriya ishlariga yo‘naltirgan edi.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar