Amerikalik bir guruh tadqiqotchilar insoniyat taraqqiyotining halokatiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan realistik taxminlarni ma’lum qildi. Bu haqda, Science jurnali ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Olimlarning taxminicha, “Oxir zamon” uchta sababga ko‘ra — supervulqonning otilishi, quyosh faolligi va asteroid bilan to‘qnashuv oqibatida yuz berishi mumkin.
Birinchi ssenariyga ko‘ra, supervulqonning otilishi oqibatida qit’a bir metrlik kul bilan qoplanadi, binolar vayron bo‘lib, vodoprovod ifloslanadi, qishloq xo‘jaligi nobud bo‘ladi.
Yer aholisi halokatining ikkinchi taxmini Quyosh faolligi bilan bog‘liq. Insoniyatga Quyoshdagi koronal massa tashlanmalari natijasida yuzaga kelgan yuqori energetik zarralarning kuchli oqimi tahdid qilishi mumkin.Bu esa butun qit’alarning elektr energiyasidan uzilib qolishiga olib kelishi mumkin.
Uchinchi ssenariy — asteroid bilan to‘qnashuv ham katta xavfni yuzaga keltiradi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bir kilometr diametrdagi kosmik jismning Yerga qulashi chang bulutlarini yuzaga keltirib, ular sayyorani bir necha oyga yorug‘likdan mahrum etishi mumkin.
Olimlarning ma’lum qilishicha, o‘z vaqtida zarur choralarni ko‘rish bilan yuqorida sanab o‘tilgan halokatlar qurbonlari sonini minimumga kamaytirish mumkin.
Izoh (0)