Xitoyning Yanszi daryosi havzasidagi suv toshqini oqibatida 237 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Sinxua” agentligiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Yanszi daryosining o‘rta va quyi oqimida suv sathi asta-sekin pasayishiga qaramay, aksariyat qismida suv sathi hamon yuqori”, – deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, vaziyat hamon xavfli bo‘lib turibdi. Mamlakatning 28 provinsiyasidagi 1508 dan ziyod okrugda 237 kishi halok bo‘lgani, 93 nafari bedarak yo‘qolgani haqida xabar qilinmoqda.
Ayni damda iqtisodiy zarar 22 milliard dollarni tashkil qilmoqda.
Avvalroq “Nepartak” to‘foni oqibatida Futszyan provinsiyasida 69 kishi halok bo‘lgani, 6 nafari bedarak yo‘qolgani haqida xabar qilingandi.
Izoh (0)