BMT Xavfsizlik Kengashi Nitssadagi terrorchilik harakatini qoralab, uni vahshiy va qabih deb atadi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
“BMT Xavfsizlik Kengashi 14-iyul, Bastiliya qo‘lga olingan kunda sodir etilgan vahshiy va qabih hujumni juda jiddiy tarzda qoralaydi. Kengash a’zolari halok bo‘lganlarning oilalariga, shuningdek, bevosita Fransiya hukumatiga hamdardlik bildirdi”, — deyiladi BMT Xavfsizlik Kengashi bayonotida.
Fransiya ichki ishlar vazirligi bergan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Nitssadagi terakt natijasida 80 kishi halok bo‘ldi, jabrlanganlarning 18 nafari og‘ir ahvolda.
Izoh (0)