Tunis armiyasining ikki nafar harbiy xizmatchisi harbiy vertolyotning halokatga uchrashi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Tunis Respublikasi Mudofaa vazirligi ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Hodisa mamlakat poytaxtidan 270 kilometr janubi-sharqda, Sfaks provinsiyasida sodir bo‘ldi.
Qayd etilshicha, o‘quv parvozini amalga oshirayotgan vertolyot Sfaks-Tina aerodromi yaqinida quladi. Halokatning sabablari hozircha noma’lum. Voqea sabablarini aniqlash uchun maxsus komissiya tuzildi.