Portugaliya va Fransiya terma jamoalari o‘rtasidagi Yevro—2016 final uchrashuvi vaqtida Krishtianu Ronaldu zaxira o‘rindig‘idan turib jamoadoshlariga ko‘rsatma berishni boshladi. Bu masala o‘yinni kuzatib borgan auditoriya tomonidan turlicha talqin qilindi.
“Daryo” o‘z o‘quvchilari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazib, Krishtianu Ronalduning xatti-harakati ularga qanday ta’sir qilganini aniqlashga harakat qildi. Unda ishtirok etganlarning 32 foizi Ronalduga qoyil qolganini e’tirof etib, qolgan futbolchilar ham undan o‘rnak olishlari kerakligini ta’kidladi.
Ovoz beruvchilarning 20 foizi Ronaldu nomini ulug‘lab, “Agar sen Ronaldu bo‘lsang, demak bunga haqlisan” degan variantni ilgari surgan. Taqdim etilgan variantlar ichida eng ko‘p ovoz to‘plagan ikkitasi Ronalduning harakatlarida ijobiy tomonni ko‘rayotgani e’tiborga molik.
Bir qator futbol muxlislari Portugaliya terma jamoasi Ronaldusiz ham o‘ynash olishiga ishonch bildirgan. Ovoz beruvchilar orasida Ronalduning o‘zini tutishini oliftagarchilik deganlar 13 foizni, murabbiy ishiga aralashishni odobsizlik deb biluvchilar 12 foizni tashkil qildi.
So‘rovnoma natijalari unda “Ronaldu to‘p suradigan jamoaga murabbiy kerak emas” degan variant ham bo‘lishi kerakligi oydinlashtirdi.
Izoh (0)