Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Mark Vilmots lavozimidan ozod etildi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Fransiyada bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha Yevropa chempionatida belgiyaliklar chorak finalda Uelsdan mag‘lub bo‘lib (1:3), turnir yarim finaliga chiqa olmadi.
Vilmots terma jamoaga to‘rt yildan beri rahbarlik qilib kelayotgan edi. Bu vaqt ichida Belgiya Braziliyadagi jahon chempionatining ham chorak finaliga yetib bora oldi. Belgiya terma jamoasi ayni paytda FIFA reytingida ikkinchi qatorni egallab turibdi.
Izoh (0)