KXDR fuqarosi Go Xen Chxor noqonuniy ravishda bolalarni Janubiy Koreyaga chiqarishni tashkillashtirmoqchi bo‘lgani va shu orqali mamlakatga xoinlik qilganini tan oldi. Bu haqda u TIV tomonidan mahalliy va chet el jurnalistlari uchun Pxenyanda tashkil etilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
53 yoshli Shimoliy koreyalik fuqaroni KXDR xavfsizlik xizmati xodimlari Xitoy bilan chegarada joylashgan Amnokkan daryosidagi Sugu orolida ushlab olgan. U Shimoliy koreyalik bolalarni noqonuniy ravishda Janubiy Koreyaga olib chiqishni tashkillashtirishga uringanlikda ayblandi.
Qo‘lga olingan Go Xen Chxor Janubiy Koreya maxsus xizmati agentlari bilan hamkorlik qilishga rozi bo‘lib, “dahshatli jinoyat” sodir etganini ma’lum qildi.
Izoh (0)