15-iyul kechasi Parijdagi Eyfel minorasi Nitssada qurbon bo‘lganlar xotirasiga Fransiya milliy bayrog‘i tusiga kirib, ko‘k, oq va qizil ranglarga bo‘yaladi. Bu haqda, Parij meriyasiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Parij meri Ann Idalgo uch kun davom etadigan umummilliy motam davomida Eyfel minorasi shu ranglarda qoladi, degan qaror qabul qildi.
Eslatib o‘tamiz, 14-iyul, payshanba kuni kechasi Nitssa shahrida yuk mashinasi olomon ustiga bostirib borishi natijasida, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo’lganlar soni 84 kishiga yetdi, yana 18 kishi og‘ir ahvolda yotibdi.
Izoh (0)