Iroq shimolida, Mosuldan janubdagi jangovar harakatlar davomida 13-iyul, chorshanba kuni bir nafar jurnalist halok bo‘ldi. Mosulda IShID terrorchilik guruhiga qarshi operatsiya davom etmoqda. Bu haqda halok bo‘lgan operator faoliyat ko‘rsatgan “Al-Gadir” telekanali ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Xavfsizlik kuchlarining g‘alabalarini yoritib borayotgan jurnalistlar harakatlanayotgan avtomobil ekstremistik guruhlarning hujumiga uchragan. Oqibatda harbiy operator Ali Mahmud halok bo‘lgan, shuningdek, “Al-Iraqiya” telekanalida ishlovchi uning hamkasblari Ali Javad va Ali Muhsin jarohat olgan.
Ma’lum qilinishicha, mashinaga Al-Kayyara shahri yaqinidagi Kyaxlya qishlog‘ida bronteshar snaryad kelib tushgan. “Al-Gadir” ularning xodimi Mosuldagi operatsiyani yoritishda halok bo‘lgan birinchi jurnalist ekanligini ta’kidladi.
9-iyul kuni Mosuldan 60 kilometr janubdagi Al-Kayyaraning chekka qismida joylashgan strategik aerodrom IShID jangarilaridan ozod etilgan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)