Yaqin kunlarda Rossiyaning Yoqutiston Respublikasida g‘ayritabiiy sovuq ob-havo hukmronligi o‘rnatilishi, tungi soatlarda harorat minus 2 darajaga borishi kutilmoqda. Mintaqaning ayrim hududlarida qor yog‘ib ulgurdi, deb xabar beradi “TASS”.
Gidrometereologiya va atrof muhit monitoringi bo‘yicha Yoqutiston boshqarmasining ma’lum qilishicha, 14–15-iyul kunlari respublikaning butun hududida minus 2 darajada sovuq havo kutilmoqda, ayni paytda esa qor yog‘ishi va past harorat olti tumanda kuzatilmoqda.
Kobyaysk tumani rahbari Ignat Spiridonovning so‘zlariga qaraganda, qor yoqqan ayrim qishloqlar aholisi qorbobo yasab ko‘ngil yozmoqda.
“Qishloq xo‘jaligi ishlari boshlanguniga qadar ob-havo yaxshilanadi deb umid qilaman”, — qo‘shimcha qildi u.
Izoh (0)