Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin 14-iyul, payshanba kuni AQSh davlat kotibi Jon Kerri bilan uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Interfaks”.
“14-iyul, payshanba kunining ikkinchi yarmida Putin davlat kotibi Kerri va Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Lavrovni qabul qiladi”, — dedi Peskov jurnalistlarga 13-iyul, chorshanba kuni.
Uning so‘zlariga qaraganda, muzokaralarda Suriya, Ukraina masalalari va ikki tomonlama munosabatlar muhokama etiladi.
Izoh (0)