Angliyaning Norfolk grafligida ro‘y bergan otishmada o‘qotar quroldan yaralangan ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, voqea 700 kishi yashaydigan Magdalen qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Hovlilardan birida o‘q ovozlari eshitilganidan so‘ng politsiya chaqirilgan. Huquq himoyachilari hovlidan bir erkakning, uy ichidan esa ayolning tanasini topgan.
Politsiya voqea joyiga kirish yo‘llarini to‘sib qo‘ydi. Ayni paytda guvohlar so‘roq qilinmoqda.
Izoh (0)