Yoshlar ijod saroyida 7–9-iyul kunlari Cyber Security Challenge Uzbekistan tanlovining yarim finali bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Yoshlar tashabbuslari markazi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Yarim finalda qatnashgan 219 ishtirokchidan 95 nafari final bosqichiga yo‘l oldi. Tanlov finali sentabr oyida, ICTWEEK Uzbekistan–2016 haftaligi doirasida bo‘lib o‘tadi. Cyber Security Challenge Uzbekistan tanlovining kuchli uchligidan o‘rin oladigan uch nafar ishtirokchi 30 million so‘mdan iborat mukofot jamg‘armasini bo‘lib oladi.
Cyber Security Challenge Uzbekistan tanlovi bu mamlakatda kiberxavfsizlik sohasidagi ilk ochiq bellashuvdir. Tanlov xavfsiz axborot texnologiyalari sohasiga qiziquvchi yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga yo‘naltirilgan. Tanlov auditoriyasi 15 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan virtual infratuzilmada tajriba orttirayotgan yosh mutaxassislardan iborat.
Izoh (0)