“Al-Qoida”ning marhum yetakchisi Usoma bin Ladenning o‘g‘li Hamza otasining o‘limi uchun AQShdan qasos olishga va’da berdi. Bu haqda, Associated Press agentligiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
“Abbotobodda sodir etilgan jinoyat jazosiz qoladi deb o‘ylasangiz, qattiq adashasiz”, — dedi Hamza bin Laden internet orqali tarqatilgan videomurojaatida.
U mazkur jinoyat uchun AQShning barcha fuqarolarini javobgar deb hisoblashini ta’kidladi.
“Al-Qoida” a’zosi bo‘lgan Hamza bin Laden AQSh bilan kurash davom etishini aytib o‘tdi.
Usoma bin Laden 2011-yili AQSh harbiylarining Abbotoboddagi (Pokiston) maxsus operatsiyasi chog‘ida o‘ldirilgan edi. Uning 25 yoshli o‘g‘li hozir qayerdaligi noma’lum.
Izoh (0)