“MotoG3.com” insayderlik resursi Huawei ishlab chiqayotgan yangi Nexus smartfonining ilk “jonli” fotosuratlarini e’lon qildi. Shu tariqa, uskunaning ayrim texnik tavsiflari ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi “Hi-Tech.Mail.ru”.
Fotoda ko‘rsatilgan uskuna H1621 + H1622 kod raqamiga ega. Ilgarigi Nexus 6P H1511 + H1512 kod raqami ostida chiqarilardi.
Suratlar yangi Nexus barmoq izlari skaneriga ega bo‘lishini tasdiqlaydi — u orqa panelda, kameradan pastroqda joylashadi. Akkumulyator sig‘imi 3100 mA/soatni tashkil etadi.
Ilgariroq HTC ishlab chiqqan Nexus’ning renderlari chop etilgan edi. Uskuna dizayni Huawei’nikidan sifatliroq deb baholanmoqda.
Izoh (0)