Portugaliya terma jamoasi himoyachisi Pepe umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytdi. Bu haqda L’Equipe nashriga tayanib, “Sport-Ekspress” xabar bermoqda.
33 yoshli futbolchi son qismidagi muammolar tufayli Uelsga qarshi (2:0) Yevro–2016 yarim final o‘yinini o‘tkazib yuborgandi. Kecha, 8-iyul kuni u jamoa a’zolari bilan mashg‘ulotlarda qatnashmadi.
Shunga qaramay, bugun, 9-iyul kuni Pepe barcha bilan birdek mashg‘ulot o‘tadi va katta ehtimol bilan Fransiyaga qarshi kechadigan Yevro–2016 final bahsida maydonga tushadi.
Ma’lumot uchun, Portugaliya – Fransiya uchrashuvi ertaga, 10-iyul kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 23:59 da boshlanadi.
Izoh (0)