Madridning “Real” klubi 17 iyul kuni AQShga jo‘nab ketadi. Asosiy tarkib futbolchilari orasida bosh murabbiy Zinedin Zidanning to‘ng‘ich farzandi Entso Zidan ham bo‘ladi.
Marca nashri xabariga ko‘ra, “Real” AQShda “PSJ”, “Chelsi”, “Bavariya” kabi klublarga qarshi o‘yinlarda ishtirok etadi. Kichik Zidan katta ehtimol bilan mazkur bellashuvlarda “Real” sharafini himoya qiladi.
21 yoshni qarshi olgan Entso o‘tgan mavsumda “qirollik klubi”ning o‘rinbosarlari sifatida faoliyat olib boradigan “Kastili”ning asosiy futbolchilaridan biri hisoblangan.
1995-yilda tavallud topgan Entsodan keyin Zinedinning yana uch nafar o‘g‘li bor. 2015-yil bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi Jahon Chempionatida darvozabon Luka Zidan Fransiya postini qo‘riqlagandi. 14 yoshli Teo va 9 yoshli Elias ham Zidan izidan borib, futbol bilan shug‘ullanadi.
Izoh (0)