Nigeriyada jangarilar 7-iyul, juma kuni Italiyaning Eni kompaniyasiga tegishli neft quvurlarini portlatib yubordi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Neft quvuri Eni kompaniyasining Nigeriyadagi sho‘ba korxonasi – Nigerian Agip Oil Company’ga tegishli. Portlashni sodir etgan jangarilar obyektni qo‘riqlayotgan soqchilar bilan otishmaga kirishgan. Hujum oqibatida halok bo‘lgan va yaralanganlar haqida ma’lumot berilmagan.Nigeriya – Afrikaning eng yirik neft eksportchisi hisoblanadi. Bir qancha qurollangan guruhlar mamlakat janubida, neft qazib chiqarish ishlari avj olgan joyda neft daromadidan ulush olish uchun muntazam ravishda qo‘poruvchiliklarni amalga oshiradi.