7-iyulning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. O‘zbekistonda epidemiologik barqarorlik borasida xavotirga o‘rin yo‘qligi ma’lum qilindi. Kuydirgi?! Hech qanday xavotirga o‘rin yo‘q.
2. Bag‘doddagi terakt qurbonlari soni 290 kishiga yetdi. Yilning eng ayanli terakti.
3. Gepatit insoniyat uchun asosiy xavf deb tan olindi. Virusli gepatitlar natijasidagi o‘lim miqdori 23 yillik davrda 63 foizga ko‘paygan.
4. Internetga Qirg‘iziston prezidentining yangi musiqiy klipi joylandi. Qirg‘iziston bilan bog‘liq boshqa xabar ham bor — O‘zbekistonning Issiqko‘ldagi sobiq pansionatlari qayta nomlandi.
5. Xonanda Lola: Bu bayramni bolaligimdan yaxshi ko‘raman! Bir kun avval u #arafamuborak xeshtegi bilan xabar qoldirgan edi.
Bugun futbol! “Daryo” Germaniya — Fransiya uchrashuvidan matnli onlayn uyushtiradi. Sizningcha, kim g‘alaba qozonadi — Germaniyami yo Fransiya?
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.