Issiqko‘ldagi sobiq o‘zbek pansionatlariga yangi qirg‘izcha nomlar berildi, ular 2016-yil bahorida Qirg‘izistonga qaytarilgan edi, deb yozadi KNews.
Xususan, “Rohat” pansionati — “Altin jay”, “Dilorom” — “Ene-Say”, “Oltin qum” esa “Bosteri” deb nomlandi. Faqat “Bo‘ston” pansionati o‘z nomini saqlab qoldi.
Shuningdek, dam olish uylari filiallariga boshliqlar tayinlandi.
Issiqko‘ldagi ushbu to‘rtta pansionat bungacha o‘zbekistonlik tadbirkorlarga tegishli bo‘lgan, 2016-yil 4-aprelda esa Qirg‘iziston hukumati tomonidan milliylashtirilgan.
Izoh (0)