Xonanda Lola 6-iyul, chorshanba kuni Instagram’dagi sahifasida o‘z o‘quvchilarini bayram bilan tabriklab, xabar qoldirdi.
“Bayram bilan, do‘stlarim! Bu yorug‘ bayramni bolaligimdan beri yaxshi ko‘raman. Butun kun davomida onang bilan oshxonada yurasan, pishir-kuydir bilan band bo‘lasan, so‘ng mehmonlarni kutib olasan, qo‘shnilar bilan shirinlik almashasan”, — deb yozadi Lola.
“Bu bayram hozirga qadar barchamizni ota-onamizning uyimizda jamuljam qiladi. Xonadonlaringizdan kulgi va quvonch, tinchlik va xotirjamlik arimasin. Muhabbat va omad tilab qolaman, qadrdonlarim”, — deya qo‘shimcha qildi xonanda Lola.
O‘zbekistonda 6-iyul kuni Ramazon Hayiti keng nishonlandi. Bundan bir kun avval xonanda Lola Instagram’dagi sahifasida #arafamuborak xeshtegi bilan xabar qoldirgan edi.
Xonanda Lola din va e’tiqod masalasidagi xabarini Instagram’dan o‘chirib tashladi
Xonanda Lola Laylat ul-qadr kechasida qaysi dinga e’tiqod qilishi haqidagi savolga javob berdi
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.