7-iyul, payshanba kuni butun O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati ko‘tarilishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, 7-iyul kuni kunduzi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +20...+25 daraja iliq, Toshkent shahrida +35...+37 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo harorati +38 darajagacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa +40 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)