Iroq poytaxtida sodir etilgan terakt qurbonlari soni 290 kishiga yetdi. Bu haqda Al Mayadeen manbalariga tayanib, “Yevropeyskaya pravda” xabar bermoqda.
Telekanalning aniqlik kiritishicha, Bag‘doddagi portlashlarda 290 kishi halok bo‘ldi, 180 kishi jarohatlangan, yana 17 kishi bedarak yo‘qolgan.
Oldinroq qurbonlari soni 250 kishini tashkil etayotganligi bildirilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Iroq ichki ishlar vaziri Muhammad Salom al-Gabbon poytaxtdagi teraktdan so‘ng mamlakat kuch tizimlari faoliyatidagi kelishmovchiliklardan norozilik sifatida istefo berdi.