Londondagi Chototel startapi Birlashgan Arab Amirliklari va Nigeriyada 240 xonali arzon mehmonxonalar ochadi, deya xabar bermoqda UAE Inside. Chototel mehmonxonalarida bir kecha tunash 2 dollardan 5 dollargacha bo‘lgan narxni tashkil etadi.
Chototel o‘ta arzon mehmonxonalar tarmog‘i bo‘lib, u po‘lat sinch, quruq qurilish aralashmalari, mikrobotlar hamda avtomatik operatsiyalar va buxgalteriyada katta hajmli axborot ustida ishlash tizimlaridan foydalanadi.
Har bitta xona o‘rtacha 280 kvadrat fut (1 fut=30,48 sm) maydonga ega bo‘lib, u omborcha (30 kv. fut), vannaxona (30 kv. fut) hamda javon, stol va karavot-divandan tashkil topgan umumiy xona (100 kv. fut)dan iborat.