AQSh 6-iyul, chorshanba kuni KXDR yetakchisi Kim Chen Inga inson huquqlarini buzganlik uchun sanksiyalar kiritishga qaror qildi, deb yozadi “RBK” AQSh moliya vazirligiga tayanib. Reuters ta’kidlashicha, bu KXDR yetakchisi shaxsan alohida sanksiya obyekti sifatida ajratib ko‘rsatilgan birinchi holatdir.
“Kim Chen In hukmdorligi ostida Shimoliy Koreya o‘zining millionlab odamlariga nisbatan o‘ta shafqatsiz tarzda munosabatda bo‘lishda davom etmoqda, bularga sud qilinmasdan turib qatl etish, mehnatga majburlash, qiynoqqa solish kiradi”, — deyiladi bayonotda.
Kim Chen In bilan birga, KXDRning yana o‘nlab siyosatchilari, shuningdek, beshta korxona sanksiyalarga uchradi.