Yamanning Adan shahri aeroporti yaqinida sodir etilgan portlashlar qurbonlari soni o‘n kishiga yetdi. Bu haqda, Associated Press agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ilgariroq olti harbiy xizmatchi halok bo‘lgani bildirilgandi.
Mamlakat xavfsizlik kuchlari mutaxassislarining aytishicha, qurbonlar soni yanada ko‘payishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, aeroport yaqinidagi harbiy bazada ikki xudkush avtomobillarini portlatib yubordi. Portlashlardan so‘ng 20 ga yaqin jangari baza hududidagi askarlarga hujum qildi. Harbiylar va jangarilar o‘rtasida otishma bo‘lib o‘tdi.
Izoh (0)