Yevropa Ittifoqi Ispaniyaning “Real” va “Barselona” klublarini davlatdan olingan va noqonuniy deb topilgan ko‘p millionlik yordamini qaytarishga majburladi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Avvalroq The Financial Times nashri “Real”ning noqununiy ravishda yer savdo-sotig‘ini amalga oshirgani uchun Madrid g‘aznasiga 18,2 million yevro qaytarishi kerakligini haqida ma’lum qilingandi.
“Real” va “Barselona”dan tashqari “Osasuna”, “Atletik”, “Valensiya”, “Elche” va “Erkules” jamoalari davlatdan noqonuniy yordam olgan.
Ispaniya klublarining davlat tomonidan noqonuniy yordam olish yuzasidan intizomiy ishlar 2013-yili ochilgandi.
Izoh (0)