“Borussiya” (Dortmund) yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan “Manchester Yunayted” klubiga o‘tdi. Bu haqda “Sports.ru” xabar bermoqda.
Germaniya klubi rasmiy saytida qizg‘in bahslardan so‘ng Mxitaryanning “Manchester Yunayted”ga o‘tish istagiga rozilik bildirilgani ma’lum qilingan.
“‘Yunayted’ bizga o‘ta tantilik bilan taklif kiritdi. Agar uni rad etganimizda, oradan bir yil o‘tib Mxitaryanni bepul qo‘yib yuborgan bo‘lardik”, — deya ta’kidladi Dortmund klubi bosh direktori Xans-Yoaxim Vatske.
27 yoshli Armaniston terma jamoasi o‘yinchisini xarid qilish mankunianlarga 38 million yevroga tushadi. Eslatib o‘tamiz, oldinroq Zlatan Ibragimovich “Manchester Yunayted” futbolchisiga aylangani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)