Germaniya termasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov jamoa yarim himoyachisi Sami Xedira Yevro–2016 turniri yarim finalida Fransiyaga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishini tasdiqladi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.
Xedira Italiyaga qarshi (1:1, penaltilar bo‘yicha 6:5) o‘yinda chap oyoq son qismidan jarohat olgandi. Germaniya termasining yana bir yarim himoyachisi Bastian Shvaynshtaygerning bo‘lajak o‘yindagi ishtiroki ham so‘roq ostida turibdi.
“Italiyaga qarshi o‘yin o‘z asoratlarini qoldirdi. Mario Gomes uchun Yevropa chempionati yakunlandi. Xedira yarim finalda aniq o‘ynay olmaydi. Shvaynshtaygerga keladigan bo‘lsak, uning maydonga tushishi uchun barcha ishni qo‘llaymiz. Ammo sabrli bo‘lib, bir–ikki kun kutishimiz kerak”, – dedi Lyov.
Ma’lumot uchun, Germaniya va Fransiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin Toshkent vaqti bilan 7-iyul kuni, 23:59 da boshlanadi.
Izoh (0)