“Nasaf” yetakchisi Artur Gevorkyan “Lokomotiv” bilan shartnoma imzoladi
Qarshining “Nasaf” klubi yetakchisi Artur Gevorkyan faoliyatini Toshkentning “Lokomotiv” klubida davom ettiradi. Bu haqda “temiryo‘lchilar” matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Osiyo Chempionlar Ligasining chorak finaliga yo‘l olgan “Lokomotiv” O‘zbekiston chempionatida to‘p suruvchi eng kuchli legionerlardan biri bilan kelishuvga erishdi, deb yoziladi xabarda.
Artur Gevorkyan “Nasaf” safida 140 ta uchrashuvda maydonga tushib, 64 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Ma’lumot
“Qirol Artur” taxallusida to‘p suruvchi Artur Gevorkyan 1984-yil 22-noyabrda Turkmanistonning Ashxobod shaxrida tavallud topgan. Futbolchilik faoliyatini Turkmanistonning “Shagadam” klubida boshlagan. Undan so‘ng “Yesil-Bogatir” (Qozog‘iston), “Ashxobod” (Turkmaniston), “Sho‘rtan” (G‘uzor), “Paxtakor” (Toshkent) va “Nasaf” (Qarshi) klublarida davom ettirgan.
Jamoaviy yutuqlari:
O‘zbekiston Kubogi sohibi — 2015-yilO‘zbekiston vitse-chempioni — 2011-yilO‘zbekiston chempionatining bronza medallari sohibi — 2013, 2014, 2015-yillarO‘zbekiston Kubogi finalchisi — 2011, 2012, 2013-yillarO‘zbekiston Superkubogi sohibi — 2016-yilOFK Kubogi sohibi — 2011-yil
Shaxsiy yutuqlari:
OFK Kubogining “Eng yaxshi futbolchisi” — 2011-yilO‘zbekiston chempionatining “Eng yaxshi futbolchisi” — 2013-yilO‘zbekiston chempionatining “Eng yaxshi to‘purari” — 2014-yilO‘zbekiston chempionatining “Eng yaxshi legioneri” — 2013, 2014-yillar.
Izoh (0)