Pokiston shimoli-g‘arbidagi kuchli suv toshqini oqibatida kamida 30 kishi, jumladan, ayollar va bolalar qurbon bo‘ldi. Bundan tashqari, 35 kishi jarohat oldi va o‘nlab kishilar bedarak yo‘qoldi. Bu haqda, “Sinxua” agentligi ma’lumotiga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Mahalliy OAV va mansabdorlarning ma’lum qilishicha, Paxtunxva viloyatida joylashgan Chitral tumanida masjid va 30 ta uyni suv to‘lig‘icha oqizib ketgan.
Hodisa 2-iyul, shanba kuni odamlar masjidda ibodat qilayotgan paytda yuz bergan.
Qutqaruv operatsiyalariga armiya va maxsus xizmatlar jalb etilgan. Qutqaruv jamoalari o‘tgan kechadan buyon davom etayotgan kuchli yomg‘irlar tufayli muammolarga duch kelmoqda.
Izoh (0)