1-iyul, juma kuni xatolik tufayli Xitoy yo‘nalishida uchirilgan Tayvan raketasi baliq ovlovchi kemaga borib tushdi, kema kapitani halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
“Raketa tashuvchi kemadan xatolik tufayli uchirilgan Tayvan raketasi baliq ovlovchi kemani nishonga oldi. Kema kapitani halok bo‘ldi, yana uch nafar ekipaj a’zosi yaralandi”, – deb ma’lum qildi Tayvan markaziy axborot agentligi.
Tayvan harbiy dengiz kuchlarining ma’lum qilishicha, ayni damda raketa uchirilishining sabablari aniqlanmagan. Taxminlarga ko‘ra, hodisaning kelib chiqishiga inson omili sabab bo‘lgan.
Xitoy TIV rasmiy vakili Xun Ley bo‘lib o‘tgan voqeani izohsiz qoldirdi va bu masala yuzasidan Tayvan ishlari bo‘yicha devonxonaga murojaat qilishni tavsiya etdi.
Izoh (0)