Pokistonning Txarparkar tumanida yashin urishi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, yana to‘rt nafari elektr tokining urishidan qurbon bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, Karachi shahrida kuchli yomg‘ir ko‘chalarni suv ostida qoldirdi.
Bundan avval Pokistonda havo harorati 47,5 daraja issiq bo‘lgan. Keyin esa mamlakatga sovuq tushib, yog‘ingarchiliklar boshlandi. Meteorologlarning taxminiga ko‘ra, joriy yozda Pokistonda odatdagidan 10–20 foiz ko‘proq yog‘ingarchilik kuzatiladi.
Izoh (0)